Sinfdosh.Ucoz.Net Payshanba, 25.04.2024, 03:43
Главная | Регистрация | Вход Приветствую Вас Mehmon | RSS
Sayt menyusi
Bo'limlar
Sinfdosh, Maktab so'nggi qo'ng'iroq! [0]
Sinfdosh, Maktab, So'nggi qo'ng'iroq haqida sherlar!
Sevgi, Ish, Muxabbat [10]
Sevgi, Ishq, Muxabbat haqida sherlar!
Sog'inch, Hijron, Azob [6]
Sog'inch, Hijron, Azob haqida sherlar!
Islom olami [2]
Islomiy sherlar!
Shoirlar ijodidan! [3]
O'zbek va Jahonning buyuk shoirlari ijodidan parchalar!
Mini chat
Bizning savol
Sayt sizga Yoqdimi!
Всего ответов: 18
Ko'rsatkich

Online holatidagilar 1
Mehmonlar 1
Foydalanuvchilar 0
Saytga kirish
Mehmon
03:43
Gruppa: Mehmon

Главная » Статьи » Shoirlar ijodidan!

Asakalik qizga!

    Asakalik qizga

 

Buramatol bog’da sizni ko’rdim qaydanam,

Bir boqdimu bilmam nedir uzildi jondan.

Burgut edim bir kechada tushdim osmondan,

Buramatol bog’da sizni ko’rdim qaydanam.

 

Qiqirlashib qizlar o’tar, sizdan darak yo’q,

Qirq qiz ichra biz sog’ingan qizdan darak yo’q.

Qaylardasiz, bir ko’rmoqdan o’zga tilak yo’q,

Buramatol bog’da sizni ko’rdim qaydanam.

 

Axvolimni yo’ying ana, nega yo’ysangiz,

Ayb mendami, bir qayrilib ko’nglim olsangiz.

Asakangiz ketmas-ku, bir kulib qo’ysangiz,

Buramatol bog’da sizni ko’rdim qaydanam.

 

Bu qanday bog’ tollari xam o’sar buralib,

Butoq – butoq kokillarga qoldim o’ralib.

Bag’rim yonib yashar bo’ldim, bag’rim tog’ralib,

Buramatol bog’da sizni ko’rdim qaydanam.

 

Kuya – kuya ketar bo’ldim, sizni topolmay,

Kulbamda bir yelkangizga ro’mol yopolmay.

Kumushdayin xolingizdan bitta o’polmay,

Buramatol bog’da sizni ko’rdim qaydanam.

 

 

 

Endi faqat eslash boru indash yo’q sizga,

Endi men xam o’xshab qoldim bir akangizga.

Erka kelin bo’ling endi Asakangizga,

Buramatol bog’da sizni ko’rdim qaydanam.

                                                Muhammad Yusuf

Категория: Shoirlar ijodidan! | Добавил: SHeRBeK (10.08.2011)
Просмотров: 1131 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Qidiruv

Copyright MyCorp © 2024
Бесплатный хостинг uCoz