Sinfdosh.Ucoz.Net Payshanba, 25.04.2024, 15:05
Главная | Регистрация | Вход Приветствую Вас Mehmon | RSS
Sayt menyusi
Bo'limlar
Sinfdosh, Maktab so'nggi qo'ng'iroq! [0]
Sinfdosh, Maktab, So'nggi qo'ng'iroq haqida sherlar!
Sevgi, Ish, Muxabbat [10]
Sevgi, Ishq, Muxabbat haqida sherlar!
Sog'inch, Hijron, Azob [6]
Sog'inch, Hijron, Azob haqida sherlar!
Islom olami [2]
Islomiy sherlar!
Shoirlar ijodidan! [3]
O'zbek va Jahonning buyuk shoirlari ijodidan parchalar!
Mini chat
Bizning savol
Sayt sizga Yoqdimi!
Всего ответов: 18
Ko'rsatkich

Online holatidagilar 1
Mehmonlar 1
Foydalanuvchilar 0
Saytga kirish
Mehmon
15:05
Gruppa: Mehmon

Главная » Статьи » Shoirlar ijodidan!

Zaynab qo'shig'i!

Tengim boshqa dedi yor,

Topdim desam tengimni.

Marg’ilonlik bir dildor,

Tortib oldi yorimni.

 

Kulgu ketmay ko’zimdan,

Oqar bo’ldi ko’zyoshim.

Ko’z – ko’z qilib baxtini,

Yoqar bo’ldi kundoshim.

 

Nima bo’ldi bek yigit,

Bekangizga qarash yo’q?

Kumushdan ming o’rgulib,

Zaynabdan xol sorash yo’q.

 

Taqdir derdim, shum taqdir,

Ko’nglim ko’nsa – kuymasdim.

Begim, sizni men axir,

Kumushdan kam suymasdim.

 

Qolsam – dardim bir dunyo,

Ketsam - bir uy ko’chim bor.

Kumushoyni keltirgan,

Aravada o’chim bor.

                                                Muhammad Yusuf

Категория: Shoirlar ijodidan! | Добавил: SHeRBeK (10.08.2011)
Просмотров: 4861 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Qidiruv

Copyright MyCorp © 2024
Бесплатный хостинг uCoz